Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish, yoshlarning turizm sohasidagi istiqbolli gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirish maqsadida joriy etilgan 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Farg’ona davlat universitetida talabalarni ichki turizm bo'yicha faolligini yuksaltirish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan. "Ustoz-shogird" an’analari asosida amalga oshirilayotgan ushbu ichki turistik sayohatlar yoshlarimiz ongida tariximizni jonli aks ettirishga xizmat qilmoqda.
Jumladan, talaba-yoshlarni mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, qadimiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolari bilan tanishtirish maqsadida «Vatanimning tarixini o'rganaman» loyihasi doirasida Fizika-tеxnika fakultеti o'qituvchisi Jo'rabеk Roziqov talabalari bilan Samarqand shahriga sayohat tashkilladilar.
Bunda talabalar o'z mutaxassiliklari bo'yicha zarur tarixiy ma'lumotlarni o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar.