Davlatimiz rahbari tomonidan «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilingani, ingliz tilini bilish darajasini baholash hamda borasida olib borilayotgan xalqaro hamkorliklar, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifati va islohotlariga yuksak darajada ta’sirini ko’rsatmoqda.
Ta’lim sifatini yuqori darajaga ko’tarish maqsadida olib borilayotgan xalqaro hamkorliklar doirasida Farg’ona davlat universitetida tizimli ishlartashkil etilmoqda. Xususan, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori - Toirova Nargiza Isakovna Angliyaning top 1000likka kiruvchiPortsmut universitetida "Tarjima nazariyasi" bo'yicha malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Ingliz tilini o’qitish metodikasi sohasida olib borilayotgan islohotlar, o‘qitish, o‘rganish va tilni baholashga kompleks yondashuvni joriy etish kabi muhim masalalar ishtirokchilar e’tiborida bo’ldi.