Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SAYYOR QABUL

14:11, 05.07.2023      

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich - Farg‘ona viloyatdagi yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Aytish kerakki, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarga yechim izlash barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasiga aylanib ulgurdi. Chunki, oliy ta’limning pirovard maqsadi ham sifatli ta’lim negizida xalqimiz roziligiga erishishdir.

Ushbu ustuvor vazifalar doirasida joriy yilning 5-iyul kuni Farg‘ona davlat universitetining katta majlislar zalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich Farg‘ona viloyatdagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ushbu sayyor qabulda viloyatdagi barcha yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, muammo va takliflari, shuningdek o‘z tashabbuslari bilan ishtirok etdilar.

5c9113ceaa-photo2023-07-0514-02-53

Qabulda oliy ta’lim muassasalari talabalari, abiturientlar, professional ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda ushbu muassasalarga hujjat topshirish istagini bildirgan yoshlar, shuningdek, ularning ota-onalari ham faol qatnashdilar.

Muloqotda oliy va professional ta’lim muassasalari, shuningdek, akademik litseylarda qabul jarayonlari davomida vujudga kelayotgan muammo va takliflar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar - vaziri o‘rinbosari nigohida bo‘ldi.

Jonli ravishda savol-javoblarga boy o‘tgan muloqotning bosh maqsadi - yosh avlodning ma’naviy yetuk, jismonan baquvvat, zamonaviy va jahon andozalariga mos kasb-hunar egasi bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va mavjud muammolarni o‘rnida hal etish, fuqarolar tomonidan yo‘llangan har bir murojaat va takliflarni atroflicha ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

113849708b-photo2023-07-0513-59-35