Oliy, professional ta'lim muassasalari va akademik litseylarda qabul jarayonlarini tashkil etilganlik holati hamda yoshlarga ta'lim olishdagi yaratilgan shart-sharoitlarni о'rganish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri orinbosari S.Buzrukxonov boshchiligidagi ishchi guruh mas’uli boshqarma boshlig'i oʻrinbosari D.Yusupov tomonidan Farg'ona viloyatidagi professional ta'lim va akademik litseylar o'rganildi.
Xususan, Fargʻona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun istisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi va Margʻilon shahar 2-son kasb-hunar maktablariga qabul jarayonlarini tashkil etilishi hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishilib, soha vakillariga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mas’ullar Fargʻona sanoat va xizmat koʻrsatish texnikumi hamda Margʻilon arxitektura va qurilish texnikumida bo’lib, qabul jarayonlarini tashkil etilishi, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yotoqxonalardagi shart-sharoitlar va targʻibot ishlari bilan tanishilib, kerakli tavsiyalar berildi.
O’rganishlar davomida mahalla fuqarolar yig'inidagi yoshlar tomonidan ta'lim sohasiga oid muammo va takliflar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.