Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​MAHALLA YOSHLARI PROFESSORLAR E’TIBORIDA

15:35, 08.07.2023      

Mahalla yoshlari bilan yaqindan muloqotda bo’lish, ularning dardu tashvishilarini tinglab, ko’makdosh, yelkadosh bo’lish roʻyobi bugun yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.

Yozgi ta'til mobaynida yoshlarni doimiy faolligini saqlash va mutaxassislik bo'yicha mahoratini oshirish uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qo'llab-quvvatlash maqsadida San'atshunoslik fakulteti jamoasi professor-o'qituvchilar, O'zbekiston xalq artisi, professor Sultonali Mannopovlar boshchiligida "Jo'ydam" mahallasida yashovchi Madinaxon Abdullayeva xonadoniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Madinaxonga uning qiziqishlari bo'yichaprofessor S.Mannopov va M.Achildiyevalar o'zbek mumtoz qo'shiqlarini kuylash bo'yicha mahorat darsini o'tib berdilar va yozgi dam olish davrida mumtoz qo'shiqlarni kuylash sirlarini yanada chuqurroq o'rganishi uchun tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, fakultet jamoasi Madinaxonni malakali tibbiy ko'rikdan o'tkazdilar va zarur muolajalar to'lovlari uchun moddiy yordam berdilar.