Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 389
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​MATBUOT ANJUMANI

15:37, 08.07.2023      

Oliy ta’lim tizimi - Yangi O‘zbekistonni barpo etuvchi muhim omildir.Ta’lim tizimi salohiyati qancha baland bo‘lsa, islohotlar maqsadiga erishish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi.Shu sababdan ta’lim salohiyatiga putur yetkazayotgan muammolar va illatlarga barham berish masalasi o‘ta dolzarbdir.

Ushbu dolzarb masala yuzasidan Farg'ona davlat universiteti tomonidan 2023–2024-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan “Qabul – shaffof va korrupsiyadan xoli” mavzusida press-klubning birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Unda Farg'ona davlat universitetining 2023–2024-o‘quv yilidagi qabul jarayonlariga mas’ul rahbarlar, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida tizimda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgani, 2023-2024 o’quv yili qabul jarayonlarida o‘qishga qabul qilishda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumotlar tinglandi.