O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning yig’ilishida Farg‘ona davlat universiteti Fizika kafedrasi o'qituvchisi Alimov Nodir Esonaliyevichning “Xususiyatlari boshqariladigan CdTe-SiO2-Si-Al va CdTe-ZnSe keng zonali yarimo‘tkazgichlar asosidagi geterostrukturalardagi fotoelektrik hodisalar” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi bo’lib o’tdi.
Fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan ushbu dissertatsiya doirasida Xususiyatlari boshqariladigan CdTe-SiO2-Si-Al va CdTe-ZnSe keng zonali yarimo‘tkazgichlar asosidagi geterostrukturalardagi fotoelektrik hodisalar bilan bog’liq masalalar o’rganildi va asoslantirildi.
Toshkent shahridagi Yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchiDSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12 raqamli Ilmiy kengash a’zolari tomonidan mazkur ilmiy ish ijobiy baholanib, Alimov Nodir Esonaliyevichning dissertatsiyasi tugallangan deb hisoblanib, Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilindi.