Oliy o‘quv yurtlari rektorlariga mahalla yoshlarining biriktirilishi - “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash mexanizmining yangi bosqichiga aylandi. Shuning binobarida Farg‘ona davlat universitetiga ham 124 nafar Farg‘ona shahri va So‘x tumanida yashovchi yoshlar biriktirilgan.
Xususan, ushbu vazifalar ijrosi doirasida Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov bugun Farg'ona shahrining A.Jomiy mahallasida bo'lib, Jomiy ko’chasida yashovchi, 1-guruh nogironi - A’zamov Jahongir xonadonidan xabar oldi. Jahongirning taklif va muammolari, iqtidor yo’nalishi atroflicha o’rganilib, unga zamonaviy Mac Book Air komputeri sovg’a qilindi.
Farg'ona davlat universiteti jamoasining bu mehr va e’tiboridan ko’ngli ko’tarilgan Jahongir chuqur minnatdorlik bildirar ekan, endilikda komputer yordamida yangi musiqalar yozishini, o’z iqtidorini to’liq namoyon qilishga munosib sharoit yaratilganini aytdi.