Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDUga biriktirilgan, qizil toifaga kiruvchi yoshlarning muammolari rektor Bahodirjon Shermuhammadov e'tiborida bo'lmoqda.

12:05, 21.07.2023      

Xususan, o'rganishlarda aniqlandi:

KARIMOVA GULNOZA

"Jo‘ydam" mahallasida yashovchi bu yoshga universitet tomonidan 1 million so‘mlik vaucher topshirildi va noutbuk berilishi rejalashtirildi. Unga g'amxo'rlik qilayotgan xolasiga esa universitetdan bo'sh ish o'rni taklif etildi.

TURSUNBOYEV BAHODIRJON

"Jo‘ydam"da yashovchi bu fuqaroning uyi ta’mirlab berildi. Zaruriyat uchun unga telefon olib berish rejalashtirildi.

XASANOV IQBOLJON

" Mirishkor"da yashovchi, doimiy davolanayotgan bu bemorga moddiy yordam berildi.

ERGASHEV ARABJON

" Sharshara"lik bu 6-maktab o‘quvchisi - universitet axborot texnologiyalari to‘garagiga qabul qilindi.

BAXTIYORJONOV NODIRJON

"Surxtepa"lik bu yoshga tadbirkorlik faoliyatiga ko ‘mak uchun bankdan kredit ajratish bo‘yicha huquqiy yordam ko'rsatildi.