Fizika-texnika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Yakubov Inom Daniyarovich 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha “Separator-tozalagich qurilmasining qoziqli barabani konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli Ilmiy kengashda 100% natija bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.