Xitoy mahallasining 5 nafar yoshlari - Prezident tavsiyasi bilan oliygoh talabasi bo‘ldi.
Elimiz har kuni dasturxon ustida mehnatkash qo‘llarini duoga ochar ekan, xalqqa farovonlik, Vatanga tinchlik-omonlik, farzandlariga baxtu-kamol so‘raydi. Bugun ham, ertaga ham shu tilakdan tolmaydi, zero, yurtimiz rahbari ham shunday ezgu niyat, jasoratga to‘la yurak va insoniy qalb egasidir.
Xalqning orzulari bilan uyg‘unlashib ketgan Muhtaram Prezidentimizning maqsadlarini eshitgan butun Farg‘ona xalqi, bag‘dodlik yoshlar bugun shu haqiqatga yana bir bora amin bo‘ldi.
Chunki Muhtaram Prezidentimiz tashrifining navbatdagi manzilida - Bag‘dod tumanidagi Xitoy mahallasida shu yerlik yoshlarning baxti kuldi.
Qishloq yoshlari bilan samimiy muloqot olib borgan Davlatimiz rahbari shu mahallalik Hojiahror G‘iyosiddinov taklifini tinglar ekan, uning Farg‘ona davlat universitetida magistraturada o‘qish istagini qo‘llab-quvvatladi. Prezidentimiz tavsiyasi bilan Hojiahror FarDUga Tarix yo‘nalishida davlat granti asosida magistraturaga qabul qilindi.
Mahalla ahlining quvonchi cheksiz. Mehr va e’tibordan yoshlarning ko‘ngli tog‘day ko‘tarilgani ko‘zlarida aks etib turibdi.
Bu g‘amxo‘rlik yoshlarimizniyurakdan o‘qishga,yangiliklar qilishga, marrani baland olishga, Vatanga kuchli sadoqat bilan xizmat qilishga undagani ayni haqiqatdir.