Bugun 1-avgust, erta tongdan abituriyentlar oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishi uchun kirish imtihonlarida ishtirok etadilar.
Ayni paytda, Farg'ona shahrida joylashgan FarDU sport sog'lomlashtirish majmuasida kirish imtihonlari boshlandi.
Ushbu 2023-2024 o‘quv yili uchun test sinovlarini topshirishga moslashtirilgan binoda abituriyentlar uchun munosib shart-sharoit yaratilib, ichimlik suvi, to‘liq sovutish, yoritish tizimi bilan ta'minlangan.