2023/2024-o‘quv yili qabuli jarayonida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilish bo‘yicha universitet kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11-sonli yig‘ilish qaroriga muvofiq belgilangan kvotadan ortiq arizalar ro‘yxatga olingan yo‘nalishlarda qabul imtihonlari test sinovlari shaklida o‘tkazilishi belgilangan.
Abituriyentlardan mazkur qarorni inobatga olgan holda suhbat va test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish lozimligi bildiriladi. Test sinovlari bilim va malakalarni baholash agentligi talablari asosida tashkillanishi maʼlum qilinadi. Sinovlar avgust oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi. Talabgorlar imtihon kuni haqida universitet qo‘ng‘iroqlar markazi tomonidan ogohlantiriladi.