Farg‘ona davlat universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha kirish imtihonlari 2023-yilning 24-25-avgust kunlari o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha), iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun test sinovlari Farg‘ona davlat universiteti sport sog‘lomlashtirish majmuasi sport zali va Axborot resurs markazi o‘quv zalida bo‘lib o‘tadi.
Qolgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha imtihonlar tarix fakulteti binosida o‘tkaziladi.