Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Farg‘onalik talabalar baxti

15:01, 29.08.2023      

Respublikamizda yoshlarning ham tomonlama barkamol va yetuk bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar kundan-kunga ortib bormoqda. Jumladan, yoshlarimizning oliy ta’limda sifatli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, kelajakda o‘z sohasining eng kuchli mutaxassislari darajasiga yetishishlari uchun samarali bo‘lgan tadbirlar uzluksiz amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Farg‘ona davlat universitetida talabalar uchun yangi-yangi imkoniyat eshiklari ochilmoqda. Birgina turar joy masalasida qilingan ishlar viloyatda yoshlarga berilayotgan e’tiborning qanchalar yuksak ekanini yana bir bor isbotladi.

Mazkur oliy ta’lim dargohida shu yilning o‘zida talabalar turar joylari soni 4 taga ko‘payib, jami turar joylar miqdori 10 taga yetkazilgani bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlarga jiddiylik va qat’iyat bilan yondashilganini ko‘rsatdi. Fikrimizning dalili sifatida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 1,5 mingdan ortiq o‘rinli talabalar turar joylarining bunyod etilganini keltirish mumkin.
Aynan shu bunyodkorlik ishlari, yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida universitet tomonidan qurilayotgan va foydalanishga topshirilayotgan talabalar turar joylarini jamoatchilikka tanishtirish maqsadida kuni kecha jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Press-turda talabalar turar joyini ko‘rib, atroflicha o‘rgangan OAV vakillari o‘z nashrlari va bloglari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Farg‘ona davlat universitetida talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayogani, ularni munosib sharoitlarda bilim olishlariga keng imkon yaratilganligini alohida e’tirof etdilar.

Aytish kerakki, “Marg‘ilon binokor ta’mir qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati va universitet o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilgan, zamon talablariga to‘la javob beradigan ushbu talabalar turar joyida ma’naviy dam olish uchun teatr studiyasi, sport-sog‘lomlashtirish xonasi, axborot-resurs markazi kabi bir qator sharoitlar yaratilgan. Oshxona va kir yuvish xonalari eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Qisqacha qilib aytganda, bu dargohni talabalarning “besh yulduzli mehmonxona”si desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu yotoqxona o‘quv binolariga juda yaqin holatda istirohat bog‘ining ro‘parasida joylashgan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlaridan keyin yashil maydonda mazmunli hordiq chiqarish imkonini beradi.