2023/2024-o‘quv yili qabulida Farg‘ona davlat universitetining 60420100- Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo'nalishiga ikkinchi mutaxassislik uchun o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 30-avgust kuni uch smenada
1-smena soat 08:00 da,
2-smena 12:00 da,
3-smena 16:00 da) o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Nomzodlar 30-avgust kuni 1-smena soat 06-30 dan,
2-smena soat 11-00 dan,
3-smena soat 14-30 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan Farg‘ona shahri Murabbiylar ko‘chasi 19-uy manzilida (https://goo.gl/maps/ZwLivZLZT9KGo4NR7) joylashgan Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasiga (https://goo.gl/maps/B1U43pJ1VkSY1pjFA) hamda A.Navoiy ko‘chasi 18-uy manzilida joylashgan Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi sport zaliga (https://goo.gl/maps/4ApF4X72QYxDu9Fq5) yetib kelishlari so'raladi.
Talabgorlar binoga 1 soat oldin kelishlari zarur.