Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Marafon

14:05, 04.09.2023      

Xalqimiz orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarimizning sport bilan birga ulg‘ayishlarini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli sport tadbirlari amalga oshirib boriladi. Jumladan, mustaqilligimizning 32yilligi munosabati bilan respublikamizning barcha viloyatlarida“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Marafonda minglab insonlar qatori Farg‘ona davlat universitati jamoasi va talaba - yoshlari faol ishtirok etdilar. Marafon natijalariga ko‘ra, universitetimizning jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Sitora Kurbonova, Mеhruza Abdumalikova, Roziya Ergashеvalar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar va bayram sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bu kabi sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarining yurtimizda muntazam o‘tkazilib borishi jamiyatimizdagi turli hastaliklarni bartaraf etish va oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xalqimizdabejizga “Sog‘ tanda - sog‘lom aql ” iborasi ishlatilmaydi. Yugurish inson tanasida qon aylanish tizimini yaxshilaydi, miya faoliyatiga foyda beradi. Shunday ekan, bunday marafonlarning ko‘proq o‘tkazilishi va ommalashuvi tarafdorimiz.