Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Talabalar yana oliygoh bag‘rida

14:46, 04.09.2023      

Bugun mamlakatimizdagi barcha oliy o‘uv yurtlari va maktablarda yangi o‘quv yili boshlanmoqda. Xususan, erta tongdanoq talabalarini kutib olishga chog‘langan Farg‘ona davlat universitetida o‘quv yilining bilimlar kuni munosabati bilantantanali tanishuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Talabalikka qabul qilinib, oliy ta’lim sari ilk qadamini qo‘ygan yoshlarning porlab turgan yuz-ko‘zlarida quvonch va baxt, ota-onalar nigohlarida bu kunlar uchun shukronalik shukuhi barq urib turibdi.

An’anaviy ravishda o‘quv yilining birinchi kuniguruhlarda mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi. Mustaqillik darslari O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida 1991-yildan joriy qilingan bo‘lib, yoshlarga istiqlolga erishish tarixi, uning mazmun-mohiyati, bunyodkor g‘oyalari, bugungi kuni va kelajagi haqida aniq va mukammal bilimlar beradi. Bunday darslarni tashkil qilishdan maqsad yoshlar ongida mafkuraviy bo‘shliqqa o‘rin bermaslik, ularda mafkuraviy immunitet paydo qilish uchun ahamiyatlidir.

Mazkur darslar talabalarga mustaqillikka qanday erishganimiz, bu yo‘ldagi xalqimizning mehnatlari, ko‘rsatgan shijoati haqida qimmatli ma’lumotlarni beradi. Yurtimizdamustaqillikdan oldingi va keyingi davrlarni solishtirish, fikr qilishga undaydi. Yaqin tarixda yashagan ota-bobolarimiz orzu qilgan o‘tgan kunlarga bizlar yetib kelganimiz peshonasiga baxt yozilgan omadli avlodlar ekanimizni eslatadi, qalbimizda shukronalik tuyg‘usini uyg‘otadi.Bugungi kunda xalqimizga, yoshlarimizga berilayotgan barcha imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar, avvalo, mustaqilligimiz sharofatidandir.