Bugun Farg‘ona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetida 1-kurs talabalarini qamrab olgan ma’naviy tadbir tashkillandi. Tadbir oliy ta’lim muassasasidagi ichki tartib qoidalar bilan talabalarni tanishtirish maqsadida o‘tkazildi. Unda FarDU profilaktika inspektori, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi, dekan o‘rinbosarlariva talabalar ishtirok etdi. Mazkur tadbir ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.