Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TANISHUV HAFTALIDA

14:14, 09.09.2023      

Farg‘ona davlat universitetining Tarix fakultetida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari fakultet yoshlar yetakchisi hamda tyutor Sh. G‘aniyevalar bilan birgalikdauniversitet bo‘ylab sayohat qildilar. Ular ta’lim dargohidagi axborot-resurs markaziga kelib, bu yerda talabalarning sifatli bilim olishlari, darsdan keyingi vaqtlarda bemalol o‘z ustlarida ishlash imkoniyatlariborligiga guvoh bo‘lishdi. “Qatag‘on qurbonlari”muzeyi bilan tanisharkan, xalqimizning ilm-ma’rifatli bo‘lishi, hech kimga qaram bo‘lmay, ozod yashashi uchun jonini bergan nomusli ajdodlarimiz, jadidlarimiz hayotini yana bir bor xotirlab, ularga ehtirom ko‘rsatish fursati bo‘ldi. Shuningdek, talabalarga O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti tomonidan beriladigan imtiyoz, imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bu vaqt mobaynida talabalarning ota-onalari bilan tanishuv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ota-onalarga kredit-modul tizimining afzalliklari, o'qish jarayoni haqida tushunchalar berildi. Ota-ona, mahalla, oliy ta’lim orasidagi uch taraflama shartnomalar bilan yaqindan tanishtirildi. Bunday faoliyatlar yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasida ota-ona va mahallaning o‘rni katta ekanini ko‘rsatadi. Dono xalqimiz aytganidek, “qush uyasida ko‘rganini qiladi”. Tarbiyali farzandlar ta’lim olishlari jarayonida hech qanday muammoga duch kelmaydilar.