O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida FarDU Axborot-resurs markazi va Matematika-informatika fakulteti hamkorligida tadbir o’tkazildi. Unda Ahmad Farg'oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi vakillari ham qatnashdilar.
Tadbirda o‘zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi- Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosi haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, “Abu Rayhon Beruniy - buyuk mutafakkir va qomusiy olim” nomli kitob-rasmlar ko‘rgazmasi tashkillandi.