Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Badiiy ko‘rgazma

15:48, 11.09.2023      

Farg'ona davlat universiteti asosiy binosining kirish qismida joylashgan O'zbеkiston Respublikasi Badiiy akadеmiyasi a'zolarining badiiy ko'rgazmalari, betakror ijod namunalari o‘rin olgan. Bu kabi san'at asarlari, ijodiy ko'rgazmalar, ota-ona siymosi timsolida FarDUning har bir Talabalar turar joylaridan qo‘yilgan.

Millatimiz kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qiladigan, ota-onalarni umr bo‘yi boshida ko‘taradigan oqibatli millatdir. O‘zbekning onasidek ona, farzandidek farzand yana qaysi yurtda bor? “Jannat- onalar oyog‘i ostida” degan maqol qaysi xalqda topiladi? Jannatmakon yurtimizning gullab-yashnatayotgan ham aslida yoshi ulug‘larning duolari, ota-onalarning pokiza niyatlaridir.

FarDU da talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy barcha chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani hech kimga sir emas. Shuningdek, ma’naviy dastak berish maqsadida ota-onalar timsolining talabalar uylarining har yeriga joylashtirilishi ham bejizga emas. Bu bilan yoshlarga ularni ulg‘aytirgan, katta umidlar bilan orqalaridan qarab turgan insonlar borligi, onaning mehri hamisha farzand bilan birga ekanini eslatib turish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, onalar vositasida Vatan muhabbatini ham his ettirish, unga munosib avlodlar bo‘lishga chorlashda ma’naviy tarbiyaning o‘rni beqiyos.