Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Vodiy yoshlari

14:01, 13.09.2023      

O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 2023 yil 29–martdagi qo'shma qaror ijrosini ta'minlash maqsadida respublika miqyosida hisobot saylovlari o'tkazilib kelinmoqda.

Hususan viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida hisobot-saylovi yig'ilishlari tashkil etib kelinmoqda.

Farg'ona davlat universitetida bo’lib o’tgan hisobot-saylovida, ta'lim muassasasining yoshlar yetakchisi tomonidan o'tgan o'quv yili mobaynida boshlang'ich tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan boshlang’ich tashkilot yetakchiligiga O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Kengashi tomonidan tavsiya etilgan nomzod o'z saylov oldi dasturi bilan ishtirok etdi.

Yakunda Farg'ona davlat universiteti yoshlar boshlang‘ich tashkilot yetakchisi etib Yoqubov Jamshid saylandi. Saylangan nomzodga talabalar va o’qituvchi-professorlar tomonidan kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qoldilar.