Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​E’LON!

15:30, 14.09.2023      

2023-yil 15-sentabr kuni soat 10°° da Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakulteti “Texnologik ta’lim” kafedrasida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida texnologik ta’lim yo‘nalishi fanlarini o‘qitishning optimallashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz.

Anjumanni o’tkazishdan maqsad: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2023 yil 2 maydagi 118- sonli buyrug‘iga asosan, 2023 yil Respublikada o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy – texnik tadbirlar rejasiga muvofiqlashtirishdir.

Anjumanda muhokama qilinadigan masalalar:

O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida texnologiya fanini o‘qitishning optimallashtirishning mohiyati va ahamiyati.

O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish masalalari.

1-4 va 5-9 sinflardagi texnologiya fanini o‘qitishda ta’limning o‘zaro uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash masalalari.

Texnologiya fanini transformatsiyalashda innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari.

Texnologiya ta’lim o‘quv rejasiga kiritilgan fanlarni o‘qitishda fanlararo bog‘lanishlardan foydalanish.