Jismoniy madaniyat fakultetida birinchi bosqich talabalarining ota-onalari uchun 2 kunlik forum tashkil etildi. Mazkur forumda fakultet jamoasi va ota-onalar ishtirok etdilar.
Forumning birinchi kunida universitetga qabul imtihonlarida eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan birinchi bosqich talabalarining ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Shuningdek, ota-onalar uchun ajoyib kechgan ushbu forumda oliy ta’lim dargohining ichki tartib-qoidalari: odob-axloq,o‘quv jarayonidagi faollik, kiyinish madaniyati, universitet hududida mobil telefonlardan foydalanish madaniyati kabi bir qator muhim masalalar xususida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunda ota-onalar va oliy ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan ekanligi ta’kidlandi.
Forumning ikkinchi kunida ota-onalar uchun universitet bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Bunda ular o‘quv xonalari, talabalar turar joylari, sport-sog'lomlashtirish markazi, axborot-resurs markazi,futbolni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoit, volleybol maydonchalari, suzish havzalari, "Qatag‘on qurbonlari" xotira muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir yakunida fakultet jamoasi va ota-onalar hamkorligida “Ota-onalar kongressi”ni tashkil etish rejasi ilgari surildi.