2023 yil 21 sentabr kuni soat 1400 da Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc 03/30.2019.Fil. 05.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (10.00.01 – «O‘zbek tili», 10.00.11 – «Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi» ixtisosliklari bo‘yicha) ning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. Buzrukova Dilorom Mamirxonovnaning «10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi» ixtisosligi bo‘yicha «Olamning hissiy-lisoniy manzarasida “Muhabbat” konseptining lingvokulturologik va gender tahlili» mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Majlisga ilmiy seminar a’zolari va barcha mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi 105, Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti binosi.