Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Rektor bilan muloqot

09:33, 27.10.2023      

Bugun Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Chet tillari fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

Muloqotda talabalar o'rtasidagi sog’lom ijtimoiy-ma'naviy muhit, tarbiya, milliy o’zlik, odob-ahloq, do’stona munosabatlar, oliy maqsadlar xususida so'z bordi.

Suhbat davomida universitet rahbari o'z hayotiy xulosalari, tajribalari asosida ogohlik, turli yot g’oyalar ta’siri va axborot hurujidan himoyalanish, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, missionerlik, korrupsiya kabi illatlar xususida talabalarga zarur tushunchalar va muhim tavsiyalar berib bordi.

Samimiy suhbat orqali yoshlar olamiga chuqur kirib borgan universitet rahbari - shiddat bilan rivojlanib borayotgan O’zbekistonning ertasida, Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan insonparvar islohotlar ijrosida bilimli, zakovatli talabalarning roli yuksak ekanligini ochib berdi.

Muloqot yakunida yoshlar rektorga o’z xulosalari, taklif va muammolarini bildirib, kelajakdagi maqsad va rejalarini o’rtoqlashdilar.