Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 421
  • Ko`rib chiqilganlar 387
    • Takliflar 56
    • Arizalar 324
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDU REKTORI BILAN MULOQOT

10:18, 28.10.2023      

Bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov Matematika-informatika fakultetida ta'lim olayotgan birinchi bosqich talabalari bilan muloqot olib bordi.

Uchrashuv avvalida talabalarga ichki tartib-intizom, odob-axloq, kiyinish madaniyati, o'zaro hurmat, do'stona munosabat xususida rektorning zarur tavsiyalari berildi.

Muloqot davomida yoshlarga turli yot oqimlar, buzg'unchi g'oyalar, axborot huruji, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, missionerlik, korrupsiya, mahalliychilik kabi illatlar oqibatlari alohida tushuntirib o'tildi.

Ochiq muloqot chog'ida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan turli mavzudagi savollarga javob oldilar va universitet rahbariga o'z taklif va muammolari bilan to'g'ridan to'g'ri murojaat qildilar.

Talabalar bilan samimiy o'tgan suhbat yakunida rektor yoshlar orqali ularning ota-onalariga o'z salomini yo'lladi.