Buxoro viloyatida bo'lib o'tgan Respublika "Besh tashabbus olimpiadasi"daFarg'ona davlat universiteti jamoasi faol ishtirok etib, sportning stritbol va mini futbol turlari bo'yicha quyidagi natijalarni qayd etdi:
Stritboll (qizlar) - 1-o'rin;
Mini futbol (o'g'il bolalar) - 2-o'rin;
Bugun FarDUda g'oliblarni kutib olish vatantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi. Taqdirlash marosimida oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov qatnashib, chempionlarni g'alaba bilan qizg'in tabrikladi. Yoshlarning har tomonlama barkamol bo'lib voyaga yetishlari va barcha sohada eng oliy marralarni egallashlari nihoyatda muhim ekanini alohida ta'kidlab o'tdi. Navbatdagi musobaqalarda ham eng yuqori cho'qqilarni zabt etishlariga katta ishonch bildirdi.
Chempionlar g'oliblik ramzi bo'lgan olimpiada kubogini universitet rektoriga topshirdilar. Shundan so'ng, g'oliblar oliygoh rahbari tomonidan qimmatbaho sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
#SDG3