Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 387
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

Besh tashabbus olimpiadasi

09:48, 18.11.2023      

Fargʼona viloyatida ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga kengroq jalb qilishda oʼtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur nufuzli bellashuvning joriy yilgi 1-mavsumida 434875 nafar ishtirokchi qatnashgan bo’lsa, 2-mavsumda bu ko’rsatkich 449224 tani tashkil etdi. 1-mavsumda farg’onalik sportsevarlar respublika bosqichida 33 ta medalni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lishdi. Ularning 13 tasi oltin, 10 tasi kumush va yana 10 tasi bronza medallarni tashkil etdi. “Besh tashabbus” olimpiadasining ikkinchi mavsumida 9 ta sport turidan qatnashgan viloyatimiz yoshlari hozirda respublika bosqichida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rishmoqda.