O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi F-72-son farmoyishi ijrosihamda "Huquqiy savodxonlik va madaniyat" oyligi doirasida Farg'ona davlat universitetida ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, universitet talaba-yoshlari uchun Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudi raisi Solijon Qurbonov, mazkur sud sud’yasi Elmurod Ortiqovlar ishtirokida bosh qomusimiz targ'ibotiga bag'ishlangan "Yangi Konstitutsiya - taraqqiyot qomusi" mavzusida uchrashuv o'tkazildi.
Shuningdek, “Huquqiy savodxonlik va madaniyat oyligi” doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” olimpiadasi o‘tkazildi.
Olimpiada 2 bosqichda bo'lib o'tdi:
Birinchi bosqich - soat 9:00dan 14:00gacha Axborot resurs markazida test sinovi shaklida o‘tkazilib, bunda talabalar o‘z huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Ikkinchi bosqichda esa test jarayonlarida eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar talabalar o'rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuzasidan savol-javob o'tkazildi va Konstitutsiya to'g'risida olib borgan targ'ibot ishlari o‘rganildi.
Bundan tashqari Tarix fakulteti tomonidan "Mening Konstitutsiyam - 31 yoshda" shiori ostida "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusida diktantlar tanlovi bo'lib o'tdi.
Tarix fakulteti, Yurisprudensiya yo'nalishi, 1-bosqich talabasi Abdulloh Sobirov№48982 harbiy qismning madaniyat markazida "Konstitutsiya -adolat tаntаnаsi" mavzusida okrug qo'shinlari qo'mondoni ishtirokida bo'lib o'tgan huquqiy-ma'rifiy tadbirda o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.