Iqtisodiyot fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekiston oliy ta‘lim tizimida iqtisodiy fanlarni o'qitishning dolzarb muammolari va rivojlantirish istiqbollari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. UndaFarg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Farg‘ona viloyat Bosh boshqarmasi, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi,“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ Farg‘ona viloyati filiali vakillari, universitet rahbariyati, fakultet jamoasi va talaba – yoshlar ishtirok etdilar.
Konferensiyada iqtisodiyotning turli yo‘nalishlariga oid mavzularda professor – o‘qituvchilarning ma’ruzalari tinglandi.
Jumladan:
Professor I.Nosirovning “Makroiqtisodiy qarorlar qabul qilishda iqtisodiy nazariyaning roli” mavzusi, Dotsent Z.Tadjibaevning “Iqtisodiy ta’lim integratsiyasi: Oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiy ta’lim muammolari va ularning yechimlari xususida”, Dotsent H.Haydarovning “Inklyuzivlik ta’limning yo‘nalishlaridan biridir”, Professor M.Mirzakarimovaning “Hozirgi zamon Iqtisodiyot nazariyasi” fanining islohotlari: zarurligi, holati va ustuvor yo‘nalishlari”, Iqtisodiyot fakulteti “Мoliya” yo‘nalishi 2- kurs talabasi M.Dexqonovning “O‘sib kelayotgan yosh avlodni iqtisodiy bilimlarini yanada mustahkamlashda o‘z-o‘zini band qilish mavzusining dolzarbligi”, Iqtisodiyot fakulteti “Moliya” yo‘nalishi 2- kurs talabasi O.Turdialiyeva “O‘zbekiston real sektor tarmoqlarini yetuk iqtisodchi kadrlar bilan ta’minlash va ta’lim sifatini oshirishning dolzarb muammolari, omillari va yechimlari” kabi muhim masalalar konferensiya kun tartyibidan o‘rin oldi.