Dunyoning nufuzli QS reytining tizimida 322-o‘rinni egallagan Qozon federal universiteti Yelabuga institutidagi malaka oshirish kurslari samarali davom etmoqda.
Avval habar berilganidek, ayni kunlarda universitetimizning 17 nafar professor-o‘qituvchilari QFU Yelabuga institutidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.
Malaka oshirish kurslaridagi o‘quv mashg‘ulotlari juda qizg‘in kechmoqda. Bunda, har bir tinglovchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zamonaviy metodik yangiliklarni o‘zlashtirish barobarida, yangi o‘rganilgan tajribalarni bevosita amaliyotda sinab ham ko‘rmoqda.
Shuningdek, FarDU professor-o‘qituvchilari o‘z sohalari bo‘yicha QFU kafedralari bilan kelgusidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan aniq vazifalarni belgilab olmoqdalar.
Qayd etish lozimki, bu boradagi samarali ishlar FarDUni THE va QS kabi dunyoning eng nufuzli reytininglaridan joy olishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.