Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Fardu umidlari

16:12, 07.12.2023      

FarDUning 22nafar talabasi nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi!

Hozirgi kunda yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar har sohada o‘zini namoyon etmoqda. Xususan, ta’lim sohasida iqtidorli va intiluvchan talabalarga ajratilayotgan davlat stipendiyalari fikrimizning yaqqol dalilidir.

2022/2023-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rilgan talabalarning 18 nafari Farg‘ona davlat universiteti talabalari bo‘lgan bo‘lsa 2023/2024 - o‘quv yili uchun bu ko‘rsatgich 22taga yetdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida g‘olib bo‘lgan, butun o‘qishi davomida faqat a’lo baholarga o‘qiyotgan FarDU talabalaridan 1 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, 1 nafariga Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 15nafariga Navoiy nomli davlat stipendiyasi, 3 nafariga esa Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi, 1 nafariga Bobur nomli davlat stipendiyasi va yana 1nafariga Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi tayinlandi. Quyida davlat stipendiyatiga sazovor bo‘lgan iqtidorli talaba – yoshlar ro‘yxatini taqdim etamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi FarDU g‘oliblarining ro‘yxati:

2023 – 2024 O'quv yili uсhun bakalavriat bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi:

Ахmеdоva Маshхuraxon Ulug'bek qizi- Boshlang'ich ta'lim;

Navoiy nomli davlat stipendiyasi:

Alijonova Маftuпаtоп Maxamadjon qizi – boshlang‘ich ta’lim;

То'lqinboyeva Mahliyoxon Valijon qizi – Psixologiya (umumiy psixologiya);

Norinboyeva Durdonaxon Janobiddin qizi – Filologiya va tillarni o‘qitish(ingliz tili);

Jahongirov Islomjon Faxriddin o‘g‘li – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha);

Ubaydullayev Saidakbar Saydaliyevich – Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;

Ergasheva Gulnora Oltiboy qizi – Pedagogika va psixologiya;

Abdurahimova Dilnavozxon Boqijon qizi – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili);

Ergasheva Durdona Safarali qizi – Boshlang‘ich ta’lim;

Qosimjonova Nodirabegim Farxodjon qizi – Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha);

Djalolov Zafarjon Jamolidinovich – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili);

Shikina Anastasiya Aleksandrovna - Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili);

Mo‘ydinov Muhammadali Muhammadjon o‘g‘li - Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha);

Xasanova Ruxsoraxon Rasuljon qizi – Bugalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha);

Yusupjonova Dilfuzaxon Olimjon qizi – Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha);

Sultonova Nazokatxon Otabek qizi – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha);

lslom Каrimov nomli davlat stipendiyasi:

Sayramov Fауzullо Baratjon o'g'li – Dоrivoro'simliklarni yetishtitish va qayta ishlash texnologiyasi;

Mirzo Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi:

Erkinov Jamshidbek Dilshodbek o‘g‘li – Kimyo;

Umurzaqova Farangiz Baxtiyorjon qizi – Biologiya (turlari bo‘yicha);

Toshbuvayeva Odinaxon Alisher qizi – Matematika;

Bobur nomli davlat stipendiyasi:

Mo‘minova Sevaraxon Isroiljon qizi – geografiya;

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi:

O‘ktamova Kamolaxon Madaminxon qizi – Jismoniy madaniyat.

Talaba – yoshlarimizning bunday sharafli yutuqlarga erishishlari, albatta, universitetimizda ilmiy salohiyatning tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Yoshlarimizning izlanuvchan va bilimli bo‘lib kamol topishlarida oliygohda mehnat qilayotgan professor – o‘qituvchilarning ham hissasi beqiyosdir.

Bunday kelajagi porloq talabalarimiz prezidentimizning ularga berayotgan imkoniyatlaridan to‘la foydalangan holda o‘z kasblarining eng kuchli mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga ishonchimiz komil.