Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Yoshlar sporti: xalqaro sportchilarni yetishtirish yo‘lida

12:56, 11.12.2023      

Hozirgi kunda Farg‘ona davlat universitetida har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish, xususan, sportning turli yo‘nalishlariga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Talabalarni sportga keng jalb qilish va bu sohadagi nazariy bilimlarini oshirish maqsadida turli chora - tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Jismoniy madaniyat fakulteti sport o‘yinlari kafedrasi mudiri p.f.b.f.d (PhD), dotsent A.Xasanovning Qozon federal universitetida bo'lishi va malaka oshirish kurslarida bevosita ishtirok etishi bu borada oloib borilayotgan samarali faoliyatlardan biri bo‘ldi.

FarDU dotsenti- malaka oshirish kurslarida ishtiroki davomida ikki universitetda "Master klass" o‘tib, sport instituti direktori bilan uchrashdi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid yangi tajribalar, laboratoriyalarni tashkil qilish, sportchilarni tayyorlash, o‘quv-uslubiy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo'yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Ushbu tashriflar yuksak madaniyatga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini oshirish, iqtidorli sportchilarni tanlab olish yo’lidagi muhim qadamlardir. Sport sohasidagi xalqaro faoliyat esa kelgusidagi ijobiy natijalar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.