Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari

14:27, 12.12.2023      

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida poytaxtimizdagi “Tashkent City Congress Hall” xalqaro ishbilarmonlik markazida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro yig‘inda hukumatimiz vakillari, tarixchi olimlar, adabiyotshunoslar va xorijlik akademik, ekspertlar, shuningdek, universitetimiz professor–o’qituvchilari ham ishtirok etmoqdalar.
Ikki kun davom etadigan ushbu konferensiyaning birinchi kunida jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganishda yangi insaydlar, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.
Ertaga o‘tadigan tadbirning ikkinchi kunida esa o‘zbekistonlik hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari bilan davra suhbati o‘tkaziladi.