Ma'lumki, yaqinda universitetda mazkur ko'rik-tanlov e'lon qilingan edi. 4 ta nominatsiyada o'tkazilgan tanlovda 1200 nafar talabalar ishtirok etdi.
Natijalarga ko'ra, “Eng yaxshi inson huquqlari bilimdoni" nominatsiyasida:
1-o'rinni Tarix fakulteti, yurisprudensiya yo'nalishi talabasi Sobirov Abdulloh Arabjon o'gli,
2-o'rinni yurisprudensiya yo'nalishi, 2-bosqich talabasi Ergashev Javlonbek Dilshodbek o'gli,
3-o'rinni yurisprudensiya yo'nalishi, 2-bosqich talabasi Yusufjonov Hasanjon Alijon o'gli egalladi.
“Eng yaxshi inson huquqlari universal shartnomalari bilimdoni” nominatsiyasida:
1-o'rinni Tarix fakulteti, yurisprudensiya yo'nalishi 2-bosqich talabasi Mamadaliyeva Muazzam G'olibjon qizi,
2-o'rinni yurisprudensiya yo'nalishi, 2-bosqich talabasi Baxriddinov Javohir,
3-o'rinni yurisprudensiya yo'nalishi, 1-bosqich talabasi Saminjonova Sitora egalladi.