Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

"FarDU" jamoamiz Birinchi ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi!

14:44, 12.12.2023      

Xabaringiz bor, Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi Surxondaryo viloyati mezbonligi ostida o'tayotgan "Birinchi ligaga o'tish turniri"da ishtirok etmoqda.

Bugun mazkur musobaqaning 3-o'rini uchun kechgan uchrashuvda "FarDU" jamoamiz "Jarqo'rg'on" klubiga to'qnash keldi va 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Jamoamiz safida gollarga Muhammadqodir Ahmadjonov (1ta) Otabek Zokirov (2 ta)lar mualliflik qilishdi. Mazkur natija orqali vakillarimiz Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

Universitetimiz jamoasi nomidan "FarDU" futbol klubimizni O'zPFL tasnifida o'tadigan professional futbol chempionati yo'llanmasi bilan samimiy muborakbod etamiz.