Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 387
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDU professori Malayziya universitetida bõldi

08:49, 13.12.2023      

FarDUning “Fizika” kafedrasi mudiri, professor- K.Onarkulov- Malayziya xalqaro islom universitetida xizmat safarida bo'lib qaytdi.

Bunda FarDU professori injiniring fakultetining magistrlariga ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bordi, ilmiy seminarlar, treninglar o'tkazdi.

Shuningdek, universitet xalqaro aloqalar departamenti bilan talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik ishlarni olib borish bo‘yicha muloqot olib borildi.

“Impulsli infraqizil nurlar bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish texnologiyasi” mavzusida Malayziya xalqaro islom universiteti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy-innovatsion loyiha tayyorlashga kelishib olindi.

Ushbu o‘quv –uslubiy, ilmiy tadqiqot sohasida xalqaro tajriba almashish tizimi universitetida muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

Ma'lumki, Malayziya xalqaro islom universiteti dunyo bo‘yicha TOP oliygohlar xalqaro QS (+711) reyting bazasiga kirgan.