Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.
Taqdirlash marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddi vakili Laziz Mingishov ochib berib, mazkur tanlov yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini va215 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlov tashkiliy ishlarida faol bo‘lgan tashkilotchilarga vazirlik tashakkurnomalari hamda tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblariga smartfon va sertifikatlarni topshirdi.
Tanlovning final bosqichida faol ishtirok etib, 4-5-o‘rinni egallagan tanlov sovrindorlariga vazirlik sertifikati va smartfon sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev topshirdi.
Ushbu yoshlar orasida Farg'ona davlat univеrsitеtining 3 nafar talabalari:
1.Iqtisodiyot fakultеti, 4-bosqich talabasi D.Qozixonova,
2.Pedagogika va psixologiya fakulteti 2-bosqich talabasi M.Moʻminova,
3.Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi K.Xolmatjonovalar smartfon va diplom bilan taqdirlandilar.
Kitobxonlik tanlovi davomida eng kuchli deya e’tirof etilgan 1 nafar 1-o‘rin, 2 nafar 2-o‘rin va 3 nafar 3-o‘rin egalarini “Kitobxon yoshlar ligasi” loyihasi muallifi, markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov taqdirlab, ularga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) va vazirlik diplomlarini topshirdi.
Taqdirlash marosimi davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iqtidorli talabalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.