Tabiiy fanlar fakulteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasida 29-30-noyabr kunlari “Biologik tadqiqotlarda zamonaviy yondashuvlarning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Oʻzbekistonning 20 dan ortiq oliy taʻlim muassasalaridan 100 dan ortiq professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar, shu bilan birga, Rossiya federatsiyasi, Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi oliy taʻlim muassasalaridan 10 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etishdi.
Shu bilan birga, konferensiya doirasida Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universiteti Zoologiya kafedrasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro ilmiy va amaliy yoʻnalishlarda ishlash borasida kelishildi hamda tegishli tartibda shartnomalar imzolandi.
Konferensiya materiallari toʻplamini quyida yuklab olishingiz mumkin.