Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 387
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

AQSH INVESTORI - FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA

14:58, 08.02.2024      

Bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov hamda AQShning San-Fransisko shahridagi “Giray Meat Products” kompaniyasi rahbari Ender Bolukgiray janoblari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda janob Bolukgiray tomonidan universitet uchun 4 qavatli zamonaviy kutubxona majmuasi (Kutubxona, bookcafe, innovatsion markaz) qurish taklifi bildirildi.

Bu istiqbolli loyiha kelgusida talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar uchun muhim dargohga aylanishi to'g'risida xulosalar tinglandi.

Ushbu kutubxona majmuasi Ender Bolukgirayning marhuma rafiqasi, tarix fanlari doktori, 1993-1998 yillar davomida FarDUning Tarix fakultetida ta'lim olgan Gulchehra Sultonova Bolukgiray nomida bo‘lishi rejalashtirilgan (Gulchehra Bolukgiray 2021-yil noyabr oyida Tarix fakulteti talabalari uchun dars mashg‘ulotlarini olib borgan).

O'zaro muloqot yakunida tez orada kutubxona majmuasining qurish ishlari boshlanishi kelishib olindi.