Xabaringiz bor, ayni kunlarda Namangan viloyatida futbol bo'yicha "Hokim kubogi-2024" musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Bugun mazkur musobaqada guruh bosqichining so'ngi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Tur doirasida mezbon "Navbahor-farm" jamoasiga to'qnash kelgan "FarDU" jamoamiz vakillari 1:0 hisobida muhim g'alabaga erishdilar. Jamoamiz safidagi golga Sanjar Zokirov mualliflik qildi.
Ta'kidlash joiz, "Hokim kubogi-2024" musobaqasinig guruh bosqichida kuchli va avvaldan shakllangan jamoalar raqiblik qilishdi. Ortda qolgan 3 ta turda 2 g'alaba va 1 durang natija qayd etgan jamoamiz guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritib, musobaqaning pley-off bosqichiga yo'l oldi.