Yurtimizda ta’limga berilayotgan e’tiborningyildan-yilga yuksalib borayotganihammamizga ma’lum. Shu bilan bir qatorda yoshlar o‘ rtasida sportning turli yo‘nalishlarijadallik bilan rivojlanmoqda. Farg‘ona davlat universitetida ham talaba yoshlar o‘rtasidasport turlari tobora ommalashib bormoqda.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug'iga asosan, talaba-qizlar o'rtasida FarDU sport sog'lomlashtish majmuasida "SPORT-NAFISLIK VA SALOMATLIK MANBAI" shiori ostida VOLEYBOL bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqa natijalariga ko'ra, quyidagi fakultetlar g'oliblikni qo'lga kiritdilar:
1-o'rin: JISMONIY MADANIYAT fakulteti
2-o'rin: FILOLOGIYA fakulteti
3-o'rin: SIRTQI TA'LIM BO`LIMI fakulteti
Shuningdwek, Joriy yilning 21 - 26-fevral kunlarida Iroqning Bag'dod shahrida sportning "Kamondan otish" turi bo'yicha o'tkazilgan "Osiyo kubogi" musobaqasidaFarDUning Jismoniy madaniyat fakulteti, 3-bosqich, 21.122-guruh talabasi Shohjahon Abdulhamidovfaxrli3-o'rinni qo'lga kiritdi!