Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 487
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Magistrlar uchun seminar

21:55, 28.02.2024      

FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov oliygoh magistrantlari uchun ilmiy-metodik seminar tashkil etdi. Seminar kun tartibidan zamon talablariga mos xalqaro darajadagi magistr kadrlarni tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar, magistrlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularga Scopus ma'lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar chop etish talablarini o’rgatib borish, monografiyalar yozishda uslubiy yordam ko’rsatish kabi masalalar o’rin oldi.

Ushbu soha bo’yicha universitetning puxta tajribaga ega mutaxassislari metodik yordam sifatida tayyorlangan taqdimotlar misolida zarur tavsiyalar berdilar.

Rektor va magistrlar o’rtasida bo’lib o’tgan jonli muloqotda magistrlarning takliflari va muammolari, ta’lim jarayoni, amaliyot ishlari, kelgusidagi strategik rejalarixususida so’z bordi. Suhbatda magistrantlar tomonidan berilgan savollarga universitet rahbari batafsil javob berdi.