Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 387
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDU REKTORI DOKTORANTLAR BILAN UCHRASHDI

10:35, 01.03.2024      

FarDUda doktorantlar faoliyati samaradorligini o'rganish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvda universitetning stategik kelajagi masalasi, ilmiy izlanuvchilar oldidagi vazifalar, dissertatsiyalar, ilmiy loyihalarni amaliyotga joriy etish, jahonning nufuzli Scopus bazasiga oid ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, iqtiboslik ko‘rsatkichlari kabi dolzarb masalalar kun tartibida bo‘ldi.

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Islomjon Zokirov tomonidan bahorgi innovatsion loyihalar haftaliklarida faol ishtirok etish, horijiy til sertifikatlarini qo‘lga kiritish, xalqaro reytingda top 1000 talikka kiruvchi oliygohlar qatoridan munosib o‘rin egallash masalalari ko‘rib o‘tildi.

Bunda universitet rahbari doktorantlar muammolari bilan qiziqib, taklif va fikrlarini tinglar ekan, ilmiy salohiyatni roʼyobga chiqarish borasida oʼz tavsiyalarini berib bordi.