Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarni ulug‘lashdan boshlanishini ta'kidlaganlar.
Toshkent shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida" gi Farmoniga asosan, Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori Egamberdiyeva Turgunoy Axmadjonovna - «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi!
“Fan va innovatsiyalar akademiyasi” tomonidan tashkil etilgan “Olimlar bayrami” munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida FarDU professori Mirkozim Nishonov "Yil olimi" nominatsiyasi bo'yicha taqdirlandi!
Mirkozimjon Nishonov yuqori ilmiy salohiyatli kimyogar vametodistolim, katta tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassis, mohir pedagog.
U o‘z faoliyati davomida salmoqli yo‘lni bosib o‘tdi.
Respublikamizda kimyo va kimyo o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash ishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. O‘rta maktab kimyo fani Davlat standarti, namunaviy dasturi hamda 7,8,9- sinflar kimyo darsliklari va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yaratilgan “Kimyo o’qitish metodikasi” darsliginingmualliflaridan biridir.
Uning ishtirokida 150 dan ortiq ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, 10 dan ortiq darslik va qo‘llanmalar, 2 ta monografiyachop etilgan bo‘lib, ularning aksari kimyo fanihamdao‘rta va oliy maktabda kimyo fanini o‘qitishga bag’ishlangan.
Mirkozimjon Nishonov kimyo o‘qitish metodikasi sohasida shogirdlari bilan olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlarinatijalarini xalqaro anjumanlardaishtirok etib, dunyo ahliga tizimli ravishda yetkazib bermoqda.
Olimlar bayrami - "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali tashubbusi bilan har yili dekabr oyida o'tkaziladigan katta tadbir.
Tadbir doirasida taniqli san'atkorlar va so'z ustalari ishtirokida konsert, ko'rgazmalar, "O'zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasi taqdimoti, "Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyasi taqdimoti bo'lib o'tadi. Shuningdek, "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali tomonidan e'lon qilingan tanlov bo'yicha 20 nafar g'oliblar statuetka, sovg'alar, pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Taqdirlanuvchilar uchun mukofot sifatida jami 130 000 000 so'm pul jamg'armasi ajratilganю Mana shunday tadbirda oliygohimiz olimining yil olimi deb e’tirof etilishi,barchamiz uchun ajoyib xushxabar bo‘ldi.