Bahorning shifobaxsh taomi, ko‘klam ne’mati bo‘lgan sumalak xalqimizda Navro’z dasturxonining ko‘rki hisoblanadi. Sumalakli doshqozonlarsiz bu bayramni tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan Chet tillari fakultetida tashkil etilgan Navro‘z bayramida el - yurtning ezgu niyatlarini o‘zida mujassamlagan sumalaktaomi tayyorlandi.Tadbirda ishtirok etgan Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov talaba-yoshlarni bahoriy ayyom bilan tabriklab, ularni bunyodkorlik, vatanparvarlik astoydil ilm olish va kelajakda vatanimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan yetuk va barkamol kadrlar bo‘lib yetishishlari lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, fakulteti talaba-yoshlari uchun Talabalar turar joyida "Assalom Navro'z" bayram sayli bo'lib o'tdi. Bayram davomida o'zbekona palov tayyorlanib, talabalar tomonidan turli chiqishlarga boy musiqiy dastur namoyish etildi.