Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 387
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!

22:31, 20.03.2024      


Yurtimiz bo‘ylab Navro‘zi olam shukuhi barcha insonlarga ajoyib bayram kayfiyatini ulashmoqda. Bugun Farg‘ona davlat universitetida ham “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!” shiori ostida bayram tantanalari keng nishonlanmoqda. Oliygohning markaziy alleyasida tashkil etilgan Navro‘z bayrami erta tongdan ko‘tarinki ruhda bayramona zavq bilan boshlandi. Butun maydon gulu lolalar, kuy va navolar bilan to‘ldi. Fakultetlar jamoalari tomonidan tashkillangan milliy liboslar, bahoriy taomlar ko‘rgazmalari, kurash, dor o‘yini, tosh ko‘tarish, polvonlar bahsi kabi umumxalq o‘yinlari, qo‘g‘irchoq teatri chiqishlari, olanlar, lapar va yallalar, yor-yorlaru aytishuvlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tantananing rasmiy qismida so‘zga chiqqan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov oliygoh jamoasini bayram munosabati bilan qizg’in muborakbod etdi. Oliygoh rahbari o'z so'zida yurtimizda tobora ilgarilab rivojlanib borayotgan ta'lim sohasi, universitetimizdagi so'nggi yillarda ilmiy salohiyatning o'sishi, yosh olimlar, iqtidorli talabalar, ziyoli qatlamning yuksalishi, dunyoning eng rivojlangan davlatlarining e'tiborini qozanayotgan buyuk o'zgarishlar haqida alohida ta'kidlab o'tdilar. Shuningdek, bir yoqadan bosh chiqarib astoydil mamlakatimiz ravnaqi, oliygohimizning nurafshon ertasi yo'lida mehnat qilayotgan jamoaga chuqur minnatdorchilik izhor qildilar. Prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosati, ta'limga oid yuksak islohotlari, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va bularga javoban har tomonlama yetuk avlod bo'lishlari lozimligi aytib o'tildi.