Shahrimizdagi barcha korxona va tashkilotlarda bo’lgani kabi aholi turar joylarida ham tabiiy gazdan foydalanishda tegishli qoidalarga qat’iy amal qilish o’ta muxim axammyatga ega ekanligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, gaz yoqilg’isiga extiyoj kuchaygan. Bu masalaga kunning xar bir soatida nihoyatda hushyorlik va masьuliyat bilan yondashilishi talab etiladi. Afsuski, o’tgan davr mobaynida yong’in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmaganligi, gazdan foydalanish jarayonida fuqarolar tomonidan xushyorlik oshirilmaganligi tufayli Qo’qon shahridagi aholi turar joylarida ko’ngilsiz xodisalar ruy bermoqda. Bu nohush xolatlarning sodir bo’lishiga ayrim fuqarolarning uy-ro’zg’orida gaz plitalaridan foydalanishda "Gaz ho’jaligida xavfsizlik qoidalari"ga amal qilmaganliklari sabab bo’lmoqda. Fuqarolar yashash joylarida gaz quvurlari va jumraklarni ochiq holda koldirishlari, qo’lbola va Davlat standart talablariga javob bermaydigan gazga moslashtirilmagan uskunalarni rezina shlanglar orqali manbaaga ulab foydalanishlari natijasida gazdan zaxarlanish yoki yong’in xodisalari yuzaga kelmoqdaki, bu keng jamoatchilikni befarq qoldirmasligi lozim. Fuqarolar o’z xonadonlaridagi gaz plitalariga texnik xizmat ko’rsatish uchun bir yilda bir marotaba, ko’p qavatli uylarda esa ikki yilda bir marotaba gaz xizmat ko’rsatish xodimlariga murojaat etishlari zarur ekanliklarini unutib quyishadi va oqibatda gaz plitasi nosoz xolatga kelib qolganligini payqamay ham qolishadi. Nosoz xolatga kelib qolishi natijasida gaz gorelka bo’ylab bir tekis yonmasligi, jumraklardan gaz sizib chiqish va natijada gugurt chaqilganda gaz va xavo aralashmasi chaqnashi xodisasiga olib keladi. Gaz bilan bog’liq, ko’ngilsiz xodisalar sabablari o’rganilganda ana shunday holatlar yaqqol ko’zga tashlandi. Tabiiy gazdan foydalanilayotgan vaqtda gaz va xavo aralashmasi chaqnashi ruy bermasligi uchun nimalarga e’tibor karatilishi lozim.!
Avvalo, fuqarolar o’z vaqtida gaz ta’minoti idoralariga murojaat qilib, gaz plitalarini texnik ko’rikdan o’tkazishlari, xonada gaz xidi sezilganda olov yoqish, elektr asboblarini o’chirib-yoqish, yoqiq gaz plitasini qarovsiz qoldirish, gaz plitasi o’rnatilgan xonada uxlash, plita yordamida xonani isitish, olov yordamida gaz chiqayotgan joyni aniqlash, manbaadan rezina shlang yordamida foydalanish kabi xolatlarga yo’l qo’ymasliklari kerakligini unutmasliklari zarur.
Xonadon sohibalari gaz uskunalaridan foydalanilgandan so’ng ularni tozalab, ifloslanishiga yo’l qo’ymasligi nihoyatda muxim. Ya’ni gaz plitasi gorelkasini, panjarasi va boshqa qismlarini ishqorli suv bilan vaqti-vaqtida yuvib turishlari kerak. Yana shuni alohida aytib o’tash o’rinli, u ham bo’lsa, ayrim soxib va soxibalar gaz bosimining pasayib ketganligini ro’kach qilib, qo’lbola motorlar va gaz so’rgichlar yordamida quvurlardan gaz tortib olish orqali xonadonni isitishga urinishadi. Bu o’ta xavflidir. SHu kezda gaz bosimi oshib ketsa yoki texnik sabab tufayli uzilish xolati ro’y bersa kutilmagan baxtsiz hodisaga olib kelmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bu holat ayniqsa tunda sodir bo’lsa nafaqat xonadon egasi va oila a’zolarining, balki qo’ni-qo’shnilarning ham xayoti xavf ostida qolishi mumkin. Muximi qo’lbola motorlar va gaz surgichlar yordamida quvurlardan gaz tortib olish amaldagi me’yoor qoida talablariga zid bo’lib, inson xayoti uchun xavfli ekanligini unutmaslik lozim.
Fuqarolarimiz tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanishda amaldagi qoidalarga qat’iy rioya qilingan holdagina ko’ngilsizliklar oldini olish mumkin. Xap bir xonadonda gaz yoqilg’isidan foydalanish mobaynida qoidalar ustuvorligi xavfsizlik garovi bo’lib qolaveradi.
Qo’qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi prfilaktika va nazorat bo’linmasi kichik inspektori I-darajali serjant Olimjonov Abror Alievich